Foydalanish shartlari

OMMAVIY OFERTA
г. Ташкент 01.06.2025 г.
“FEEDUP ECO” MChJ, STIR 310217554, manzili: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-1 massivi, 3-uy (bundan buyon “Sotuvchi” deb yuritiladi), quyidagi ommaviy ofertani masofadan turib savdo shartnomasini tuzish uchun e’lon qiladi.
- TUSHUNCHALAR
Oferta – ushbu ommaviy shartnoma.
Aksept – Buyurtmachining Sayt, Ilova yoki Bot orqali Buyurtma berishi va/yoki to‘lash orqali Ofertani to‘liq va so‘zsiz qabul qilishi.
Sayt – Sotuvchining https://feedup.uz manzilidagi veb-sayt.
Ilova – “Feedup Mobile” mobil ilovasi.
Bot – Telegram bot @feedupuz_bot.
Mahsulot – Sayt/Ilovada ko‘rsatilgan oziq-ovqat, ichimliklar va boshqa mahsulotlar.
Buyurtma – Buyurtmachi tomonidan berilgan mahsulot xaridi bo‘yicha ariza.
Buyurtmachi – Buyurtma beruvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
- UMUMIY QOIDALAR
2.1. Ushbu Oferta masofadan turib mahsulot xarid qilish bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soladi.
2.2. Buyurtma berish orqali Buyurtmachi mazkur Oferta shartlariga roziligini bildiradi.
2.3. Tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarga O‘zbekiston Respublikasi qonunlari tatbiq etiladi.
- SOTUVCHINING MAQOMI
3.1. Sotuvchi chakana savdo asosida mahsulotlarni taqdim etadi, ularning sifati va xavfsizligini kafolatlaydi.
3.2. Ijrochi majburiyatlarni bajarish uchun uchinchi shaxslarni (yetkazib berish xizmatlari, to‘lov operatorlari) jalb qilish huquqiga ega.
- BUYURTMACHINING MAQOMI
4.1. Buyurtmachi – 18 yoshga to‘lgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili, yuridik shaxs bo‘lishi mumkin.
4.2. Buyurtmachi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun javobgar hisoblanadi.
- OFERTANING PREDMETI
5.1. Sotuvchi tanlangan Mahsulotni Buyurtmachiga yetkazib berishni, Buyurtmachi esa uni qabul qilish va to‘lash majburiyatini oladi.
- SHARTNOMA TUZISH TARTIBI
6.1. Shartnoma Buyurtmachi tomonidan Oferta aksepti amalga oshirilgan paytda tuzilgan hisoblanadi.
6.2. Aksept “Buyurtma berish/To‘lash” tugmasini bosish yoki tovarni olganda naqd to‘lovni tasdiqlash orqali amalga oshiriladi.
- MAHSULOT XARIDI TARTIBI
7.1. Buyurtmachi Sayt/Ilova/Bot orqali mahsulotlarni tanlaydi, savatga joylaydi, to‘lov va yetkazib berish usulini tanlaydi.
7.2. Buyurtma tasdiqlangandan so‘ng, uni o‘zgartirish faqat tomonlar kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
- MAHSULOT HAQIDA MA’LUMOT
8.1. Mahsulotning tavsifi, tarkibi, narxi va boshqa xususiyatlari Sayt/Ilovada ko‘rsatilgan.
8.2. Mahsulot tasvirlari real ko‘rinishidan biroz farq qilishi mumkin.
- NARXI
9.1. Barcha narxlar so‘mda ko‘rsatilgan va soliqlarni o‘z ichiga oladi.
9.2. Yakuniy narx — Buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida tasdiqlanadi.
- MAHSULOT UCHUN TO‘LOV
10.1. To‘lov usullari:
- Onlayn bank kartasi orqali;
- Elektron to‘lov tizimlari;
- Kuryerga naqd yoki kartadan to‘lash.
10.2. Buyurtmachi tomonidan rasmiylashtirilgan va rasmiylashtirilgan vaqtdan boshlab 15 (o‘n besh) daqiqa ichida to‘lanmagan buyurtma Ijrochi tomonidan Buyurtmachiga qo‘shimcha ogohlantirishsiz avtomatik tarzda bekor qilinishi mumkin.
10.3. Buyurtmaning bir qismini rad etilgan taqdirda, yetkazib berilmagan mahsulotlar uchun to‘lov mablag‘lari to‘lov amalga oshirilgan usulda 10 ish kuni ichida qaytariladi.
- YETKAZIB BERISH
11.1. Yetkazib berish faqat xizmat ko‘rsatish hududidagi manzilga amalga oshiriladi.
11.2. O‘rtacha yetkazib berish vaqti 30–60 daqiqa, ammo tashqi omillar sababli o‘zgarishi mumkin.
11.3. Tovar tasodifiy yo‘qolish xavfi Buyurtmachiga tovar topshirilgan paytdan boshlab o‘tadi.
- MAHSULOTNI QAYTARISH
12.1. Sifatli oziq-ovqat mahsulotlari qaytarilmaydi (VMning 61-sonli qarori).
12.2. Mahsulot sifatsiz bo’lgan taqdirda, Buyurtmachi tovarni almashtirish yoki to‘lov mablag‘larini qaytarishni talab qilish huquqiga ega, bunda bu haqda Ijrochini tovarni olganidan kechikmay 24 soat ichida xabardor qilishi lozim.
12.3. Pul mablag‘lari ariza ko‘rib chiqilgandan so‘ng 10 ish kuni ichida qaytariladi.
12.4. Tovar sifati bo‘yicha barcha da’volar sudga murojaat qilishdan oldin +998 71 200 22 11 telefon raqami yoki feedupuzb@gmail.com elektron pochta manzili orqali qo‘llab-quvvatlash xizmatiga yuborilishi mumkin.
- TOMONLARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
13.1. Sotuvchining majburiyatlari:
- mahsulot haqida to‘g‘ri ma’lumotlarni taqdim etish;
- sifatli mahsulotni o‘z vaqtida yetkazish;
- asosli da’volarni ko‘rib chiqish.
13.2. Sotuvchining huquqlari:
- yetkazib berish imkoni bo‘lmagan taqdirda, Buyurtmachiga xabar berib, Buyurtmani bajarishdan bosh tortish;
- Narxlar, assortiment va yetkazib berish shartlarini o‘zgartirish, bu o‘zgarishlarni Saytda e’lon qilish.
13.3. Buyurtmachining majburiyatlari:
- ishonchli aloqa ma’lumotlarini taqdim etish;
- buyurtmani to‘lash;
- mahsulotni o‘z vaqtida qabul qilish.
13.4. Buyurtmachining huquqlari:
- Tovar va Buyurtma holati haqida ma’lumot olish;
- Buyurtma yetkazib berishga topshirilmaguncha undan voz kechish;
- Oferta shartlari buzilgan taqdirda da’vo bildirish.
- JAVOBGARLIK
14.1. Tomonlar majburiyatlarni bajarmaganlik uchun amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
14.2. Sotuvchi fors-major holatlari yoki uchinchi shaxslarning harakatlari sababli yuzaga kelgan yetkazib berish kechikishi uchun javobgar emas.
- BOSHQA SHARTLAR
15.1. Barcha nizolar muzokaralar yo‘li bilan hal etiladi, kelishuvga erishilmagan taqdirda — Sotuvchining joylashgan manzili bo‘yicha sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
15.2. Oferta Sotuvchi tomonidan istalgan vaqtda oldindan ogohlantirmasdan bekor qilinishi mumkin.
15.3. Ushbu Oferta Saytda e’lon qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi va Ijrochi tomonidan bekor qilinmaguncha doimiy amal qiladi.
- BUYURTMACHINING SHAXSIY MA’LUMOTLARNI
QAYTA ISHLASHGA ROZILIGI
16.1. Buyurtmani joylashtirgan Buyurtmachi, Shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash siyosatiga muvofiq, https://feedup.uz manzilida e’lon qilingan Siyosatga asosan shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashga o‘z roziligini tasdiqlaydi.
16.2. Ushbu Siyosat Ofertaning ajralmas qismidir. Ofertani aksept qilish — Buyurtmachining Siyosat shartlariga ham roziligini anglatadi.
- FORS-MAJOR HOLATLARI
17.1. Tomonlar, tabiiy ofatlar, harbiy harakatlar, epidemiyalar, ommaviy tartibsizliklar, elektr tarmoqlari yoki internetdagi uzilishlar kabi, lekin ular bilan cheklanmagan, g‘ayrioddiy holatlar (fors-major) yuzaga kelgan taqdirda, majburiyatlarni qisman yoki to‘liq bajarmaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
17.2. Fors-major holatlari yuzaga kelgan tomon bu holat sodir bo‘lgan paytdan boshlab 3 (uch) taqvim kuni ichida boshqa tomonni xabardor qilishi shart.
- SOTUVCHINING MA’LUMOTLARI
Yuridik manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Al-Xorazmiy-1 massivi, 3-uy
STIR: 310217554
OKED: 326060214018
Hisob raqami: 20208000905613020001
Bank: “Orient Finans” banki, Shayxontohur filiali
MFO: 01071
Telefon: +998 71 200 22 11
Email: feedupuzb@gmail.com
Sayt: https://feedup.uz
Telegram bot: @feedupuz_bot
Mobil ilova: Feedup Mobile