Feed Up — O‘zbekistondagi eng yirik fast-food tarmoqlaridan biri
Hozirda filiallarimiz soni 50 taga yetdi. Kompaniyada 1000 dan ortiq jonkuyar xodim yagona maqsad yo‘lida — har bir mijozga mazali, sifatli va tezkor xizmat ko‘rsatish uchun faoliyat yuritmoqda.
Kompaniyaga 2010-yilda Umid Irgashev tomonidan asos solingan va Algoritm massivida birinchi filial ish boshlagan. Dastlab brend “Dastyor”, keyinchalik “Bisyor” nomlari bilan tanilgan.
2016-yilda kompaniyada katta o‘zgarishlar amalga oshirildi (rebrending qilindi): yangi strategiya, yangi maqsadlar va yangi nom ommaga taqdim etildi. Shundan so‘ng, barcha bizni “Feed Up” nomi bilan taniy boshladi.
Bugungi kunda Feed Up — bu:
Haqiqiy ta’m — mazali burgerlar, donarlar, lavashlar, sendvich va hot-doglar shuningdek, salqin va issiq ichimliklar.
Yuqori sifat — Har bir taomimizga ishlatiladigan mahsulotlar sinchkovlik bilan tanlab olinadi. Ular yetakchi mahalliy va xorijiy yetkazib beruvchilardan xalqaro standartlarga muvofiq ravishda keltiriladi. Har bir ingredientning yangi, xavfsiz va sifatli bo‘lishi — biz uchun muhim mezon.
Xalqqa yaqinlik — filiallarimiz soni kundan kunga ortib bormoqda; nafaqat poytaxtda, balki respublikamizdagi viloyatlarda ham faoliyat yuritmoqdamiz.
Tezkor yetkazish — buyurtmalar tez tayyorlanadi va issiq holatda yetkazib beriladi.
Feed Up — bu oddiy fast-food emas. Bu — haqiqiy o‘zbekona ta’m bilan kun sayin rivojlanib borayotgan milliy brend!